:  MR Mitrogilretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: metronidazol – 500 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metronidazol

Preparatning savdo nomi:

:  MR Mitrogil

Farmakalogik guruhi:

Protozoylarga qarshi vositalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

rangsiz yoki och-sarg‘ish rangli eritma.

Protozoylarga qarshi vositalar.

J01XD01

Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pkalar, buyraklar, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, o‘t-safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abstsesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakteritsid kontsentratsiyalarga erishadi. Gemato-entsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vα):  kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54 – 0,81 l/kg.     Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20%. Qondagi maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik kontsentratsiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal kontsentratsiyasi (Smin) keyingi yuborishda-18 mkg/ml. Me’yoriy o‘t-safro hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi kontsentratsiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi kontsentratsiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukouronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Jigarning me’yoriy funktsiyasida yarimchiqarilish davri (T1/2) – 8 soat(6 dan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tug‘ilgan taxminan – 75 soat, 32-35 haftaligi da muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida 25 soat. Buyraklar orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyraklar funktsiyasi buzilgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi (shuning uchun buyraklar funktsiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak) mumkin. Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T ½  2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.

Protozoy infektsiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit, Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari, shu jumladan meningit, miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessida qo‘llanadi. Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a’zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsisda qo‘llanadi. Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llashi bilan bog‘liq) qo‘llanadi. Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘nikki barmoq ichak yarasi qo‘llanadi. Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldin olish uchun qo‘llanadi. O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolashda (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizatsiya qiluvchi  vositasi sifatida) qo‘llanadi. Alkogolizmda qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), keyin har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlikda. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i ga yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 martalik tutib turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi. Oldini olish maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i ga tomchilab operatsiya arafasida 0,5-1 g dan, operatsiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga tutib turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBЕ) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan ko‘p emas, qabullar soni – sutkada 2 marta. Radiosensibilizatsiya qiluvchi vosita sifatida v/i ga tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlantirishni boshlashdan 0,5–1 soat oldin yuboriladi. Nurlantirishning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlantirish chaqirgan intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta’mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta’sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi. Mahalliy reaktsiyalar: tromboflebit (og‘riq, inyektsiya qilingan joyda qizarish va shish). Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Metronidazol v/i ga yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi. Disulfiramga o‘xshab etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarning (buyurishlar oralig‘i – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tsimetidin metronidazolning metabolizmnining ingibirlaydi, bu qon zardobida uning kontsentratsiyasini oshishiga va nojo‘ya ta’sirlarining rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi (fenobarbital, fenitoin) preparatlarni bir vaqtda buyurish, metronidazol eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, oxirgisining plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi va intoksikatsiya belgilarini rivojlanishi mumkin. Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta’sirini kuchaytiradi.

Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi). 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda amoksitsillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Leykopeniyada davolashni davom ettirish infektsion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq. Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatilishini talab qiladi. Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va soxtamusbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin. Siydikni to‘q ranga bo‘yaydi. Ayollardagi trixomonad vaginitni va erkaklardagi trixomonad uretritni davolashda jinsiy hayotdan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch tsikli oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida, lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim. Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

0,5 % infuziya uchun eritma 100 ml dan plastik flakonlarda.

3 yil.